Abduxoliqov gol urdi, "Al Sayliya"da durang VIDEO

2 apr 2017, 11:21
Qatar Yulduzlar ligasida 24-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

"Al Sayliya" safarda "Al Muayzir" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlar safida o'zbek muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Sato Minori to'p tepdi. Mehmonlar tarkibida Sanjar Shoahmedov va Temurxo'ja Abduxoliqov o'ynashdi. Abduxoliqov 30-daqiqada belgilangan penaltidan gol urishga erishdi.

24ta uchrashuvdan 27 ochko to'plagan "Al Sayliya" 14 jamoa orasida 9-o'rinda bormoqda.


Qatar Yulduzlar ligasi. 24-tur
"Al Muayzir" - "Al Sayliya" 1:1
Gollar:
Ahmad Yosin 5 - Temurxo'ja Abduxoliqov 30 penalti



TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia