Abduqodir Husanov WhoScored portalida necha ball oldi?

Nozimov Nig'monxo'ja
17 dek 2023, 07:50
"Lans" hamda "Reyms" o'rtasidagi Liga 1ning 16-tur uchrashuvi mezbonlarning g'alabasi bilan yakun topdi.

Uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Abduqodir Husanov to'liq 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining darvozasining daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Abduqodir Husanov "Reyms"ga qarshi bahsdagi harakatlari uchun WhoScored portali tomonidan 6.9 ball oldi.

Himoyachi ushbu uchrashuvda 84ta pasdan 80tasini aniq berdi, raqib darvozasiga 1ta zarba yo'lladi, to'p uchun kechgan 1ta kurashda zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: WhoScored