

Fransiyaning PSJ klubi Abduqodir Husanovni sotib olmaydi. Parijliklar Abduqodir jamoa murabbiyining uslubiga tushmaydi deb hisoblashmoqda. Klubning futbol masalalari bo'yicha maslahatchisi Luis Kampos Abduqodir Husanov jamoaga transfer qilinmasligini ma'lum qildi. Kamposning takidlashicha, PSJ faqatgina Luis Enrikening tizimiga mos tushadigan himoyachini sotib oladi.
Ma'lumot uchun, Abduqodir Husanovga ayni damda "Manchester Siti", "Real Madrid", "Nyukasl" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.



