Abduqodir Husanov: Meni Bunyodkor o'rinbosarlariga olishmagan

Khoja
8 iyun 2024, 10:13
O'zbekiston MTJ va Lans jamoasining himoyachisi Abduqodir Husanov nima sababdan Belarus chempionatiga ketganini tushuntirib berdi.

Futbolchilik saboqlarini Bunyodkor akademiyasida Sergey Chigodaev qo'l ostida boshlaganman. 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan birga mashg'ulot olib borganman. Keyinchalik 2003 yilgi bolalar bilan shug'ullanganman. 7 yoshimda ushbu akademiyaga kelganman va u yerda 16 yoshimga qadar bo'lganman. Bunyodkor akademiyasidan so'ng meni o'rinbosarlar jamoasiga olishmagan. Shundan so'ng Belarusga ketganman, - dedi Abduqodir Husanov.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia