Abdumajidov bugun Germaniyada operaciya qilinadi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
"Paxtakor" himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi kutilmoqda.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, mudofaa chizig'i vakili Germaniyaning yetakchi jarrohi, tibbiyot fanlari professori, doktor Mirko Xerbort tomonidan tizzasidan operaciya qilinadi.

Avvalroq Xerbort O'zbekiston MTJ a'zosi Diyor Xolmatovni operaciya qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, sentyabr oyida Belgiyaning "Stardard" klubida tibbiy ko'rikdan o'tish chog'ida 21 yoshli futbolchinning tizzasida menisk bilan bog'liq muammo aniqlangan va transfer amalga oshmagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia