Abdullo Nabiev: "Hamma jamoani yutsa bo'ladi, hatto "Lokomotiv"ni ham"

Narzulla Saydullayev
30 may 2018, 11:02
Bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvi doirasida Lokomotiv va Sherdor bahsidan oldin Sherdor futbolchisi Abdullo Nabiev o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun O'zbekistonning ikki karra chempioni  Lokomativga qarshi maydonga tushasiz. O'yindan oldin  yigitlarni kayfiyati qanday va jamoa o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?

- Jamoamizning oxirgi o'yinlardagi g'alabalaridan so'ng  futbolchilarning kayfiyati a'lo. Ular jangovor holatda va bugungi baxsga to'liq tayyor. Raqibimiz kuchli hisoblansada, ijobiy natijaga erishish uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rdik

- Bilamizki Lokomotiv safida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Sherdor jamoasini asosini esa yoshlar tashkil qiladi. Shunday ekan  ertangi  uchrashuvdan qanday natija kutmoqdasiz?

- Jamoamiz PRO liga chempionatida ishtirok etayotgan klublar ichida eng yoshi hisoblanadi. Klubimiz futbolchilarining o'rtacha yoshi 23 yoshni tashkil etadi. Futbolda maydon tekis - to'p yumaloq. Har qanday jamoani yutsa bo'ladi. Imkon qadar harakat qilamiz Lokomotiv bilan o'yindan yaxshi natijaga erishib qaytishga.

"Sherdor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia