Abbosbek Fayzullaev SSKAdagi asosiy muammo haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
29 avg 2024, 11:56
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev armiyachilarning asosiy muammolaridan biri haqida fikr bildirdi.

Abbosbek SSKA har o'yinda etarlicha vaziyat yaratayotganiga, ammo golli imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida ishlash zarurligiga urg'u berdi.

"Muhimi, SSKA deyarli har bir uchrashuvda etarlicha vaziyatlar yarata olyapti. Vaziyatlardan foydalanish esa boshqa masala va biz bu borada ishlayapmiz. Umid qilamanki, yaqin orada bu muammodan qutulamiz", - deya Abbosbek so'zlaridan iqtibos keltirdi "Bobsoccer".

Oltinchi turdan keyin SSKA 10 ochko bilan Rossiya chempionatida 6-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bobsoccer