Abbos Fayzullaev: "Turkmaniston va Eronni yutib, guruhda birinchi o'rinni egallashni istaymiz"

Оқил Абдубарноев
27 mar 2024, 00:30
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi ikkinchi raundidagi o'yinlarini davom ettirdi.

Gonkong terma jamoasi raqiblik qilgan o'yinda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng Abbos Fayzullaev fikrlarini bilan o'rtoqlashdi. 

"Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Oldimizdagi minimum vazifani bajardik. Keyingi bosqichga yo'llanma oldik va Osiyo Kubogi chiptasiga ega chiqdik. O'yin qiziqarli o'tdi. Oson bo'lgani yo'q. Bahsga munosib tayyorgarlik ko'rgandik. Gonkongda kechgan o'yinni ham tahlil qilgandik. Asosiysi g'alabaga erishdik. Murabbiyimizga sog'lik tilaymiz va tezroq safga qaytishini so'rab qolamiz. 

Sekin-asta o'z sport formamga qaytyapman. Baribir o'yin amaliyoti muhim. SSKAda joyim uchun kurashaman. 

Terma jamoada har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun o'ynaymiz. Maqsadimiz Turkmaniston va Eronni yutib birinchi o'rinni egallash",- deydi Abbosbek Fayzullaev.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia