A Seriyaning yana bir klubi Shomurodovni ijaraga olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
21 iyul 2023
Eldor Shomurodovning "Roma"dan kyetishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga "Kalyari" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. 

Klub Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Tomonlar ayni paytda muzokara olib borishmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2021 yilda "Jenoa"dan "Roma"ga o'tgan. O'tgan mavsumning ikkinchi qismini esa ijara asosida "Speciya"da o'tkazdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: