A Seriyada bosh murabbiy iste'foga chiqarildi

Alisher
17 yanv 2022
Genuyaning "Sampdoriya" klubi rahbariyati bosh murabbiy Roberto D'Aversani iste'foga chiqarishga qaror qildi.

Roberto Genuya jamoasida 2021 yilning iyulidan ishlayotgan edi. U bu o'rinda Klaudio Ranerining o'rnini egallagandi.

Roberto qo'l ostida "Sampdoriya" joriy mavsum A Seriyani muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. Jamoa ayni dam jadvalning ikkinchi qismida bormoqda.

Genuyaliklar keyingi o'yinni 18 yanvar kuni "Yuventus"ga qarshi o'tkazishadi.




AlisherMuallif
Manba: sampdoria.it