A Seriya. “Turin derbisi”da Ronalduning goli “Yuventus”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Eldor Akmurzayev
3 apr 2021, 23:08
Italiya chempionati 29-turi doirasidagi “Torino” – "Yuventus” uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni Federiko Keza ochgan bo'lishiga qaramay, mezbonlar Antonio Sanabrianing dubli evaziga vaziyatni o'z tomoniga og'dirdi. Biroq, 79-daqiqada Krishtianu Ronaldu gol urib, o'yin jangovar durang bilan yakunlanishiga zamin yaratdi.

Andrea Pirlo shogirdlari chempionat jadvalida 56 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. “Torino” esa 24 ochko to'plagan holda 17-pog'onadan joy olgan.

"Torino" – "Yuventus" 2:2 (1:1, 1:1)

"Olimpiko di Torino"

Gollar: 0:1 – 13 Keza, 1:1 – 27 Sanabriya, 2:1 – 46 Sanabriya, 2:2 – 79 Ronaldu.

"Torino" – Sirigu, Ansaldi, Icco, Bremer, Voyvoda, Mandragora, Rinkon (Lukich, 66), Verdi (Bazelli, 87), Buondjorno, Sanabriya, Belotti (Dzadza, 72).

"Yuventus" – Shesni, Aleks Sandro (Rabo, 87), Danilo (Remzi, 71), Kellini, de Ligt, Bentankur, Kulusevski (Bernardeski, 71), Kuadrado, Keza, Morata, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Ansaldi (42), Rinkon (59), Kuadrado (68), Sanabriya (83), Mandragora (88), Bernardeski (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia