A Seriya. "Roma" "Udineze"ni kichik hisobda mag'lub qildi. Shomurodov 86-daqiqada maydonga tushirildi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 01:39
Italiya A Seriyasining 5-tur o'yinlari o'tkazildi.

"Roma" bu turda o'z uyida "Udineze"ni qabul qildi va kichik hisobda g'alaba qozondi. Eldor Shomurodov esa, ushbu o'yinning oxirgi daqiqalarida maydonga tushirildi. 

"Roma" – "Udineze" 1:0

 23 sentyabr, 23.45, Stadio Olimpiko

Gol: 1:0 – 36 Abraxam.

"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Kalafori (Smolling, 69), Mxitaryan, Veretu, Kristante, Pellegrini, Dzanolo (El-Shaaravi, 74), Abraxam (Shomurodov, 86).

"Udineze" – Silvestri, Molina (Soppi, 62), Nyuytink (Samardjich, 79), Samir, Rodrigo Bekao, Udodji (Larsen, 79), Pereyra, Uolas, Makengo (Arslan, 85), Pussetto (Betu, 62), Deulofeu.

Ogohlantirishlar: Uolas (32), Pellegrini (56), Kristante (65), Kalafori (66).

Chetlatish: 90' Pellegrini


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia