

Turdagi ilk o'yinda “Napoli” o'z maydonida ligada qolish uchun kurashayotgan “Kremoneze”ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda Skott Maktomini hisobni ochgandi. Keyinchalik Rasmus Xoylund, Kevin de Bryuyne va Andrey Santoslar ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Qayd etish kerak, belgiyalik de Bryuyne gol+pas qayd etdi.
Bahsning so'nggi daqiqalarida Skott Maktomini penaltidan foydalana olmadi.



