A Seriya Kvaratsxeliyaning "Napoli"ga transferini ro'yxatdan o'tkazdi

Alisher
1 iyul 2022
Batumining "Dinamo" klubi yarim himyaochisi Xvicha Kvaratsxeliya "Napoli"ga o'tdi.

Bu haqda A Seriya rasmiy sayti xabar bermoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, Neapol klubi 21 yoshli gruzin uchun 10 million evro to'ladi.

Eslatib o'tamiz, Kvaratsxeliya 2022 yilning 31 martida Qozonning "Rubin" klubidan ketgandi. Xavbek Rossiya klubi tarkibida 73ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 18ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: legaseriea.it