A Seriya klublari "Chelsi" futbolchisi uchun kurashmoqda

Alisher
4 apr 2020, 14:43
"Chelsi" himoyachisi Emersonga "Yuventus", "Inter" va "Napoli" klublari qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Italiya klublari uni o'z saflariga qo'shib olgan holda, chap qanot himoya chizig'ini kuchaytirishmoqchi.

Ammo, Emerson hozirgi jamoasida qolish niyatida. Braziliyalik unga "Chelsi"da imkoniyat berishlarini xohlamoqda.

25 yoshli futbolchining "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal