A Seriya klubi Berardini xarid qilmoqchi

Alisher
24 avg 2021, 10:15
"Sassuolo" forvardi Domeniko Berardi faoliyatini A Seriyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "Fiorentina" prezidenti Rokko Komisso Dushan Vlaxovichning qolishi va tez orada Lukas Torreyraning transferi amalga oshganidan so'ng 27 yoshli italiyalikni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo "Sassuolo" o'yinchi uchun 40 mln evro atrofida so'ramoqda va bu klub uchun muammo bo'lishi mumkin.

Berardi - klub tarbiyalanuvchisi va asosiy jamoada 2012 yildan beri o'ynaydi.

Futbolchi o'tgan mavsum Italiya chempionati diorasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira