A Seriya. "Jenoa" o'z uyida 10 kishi qolgan "Fiorentina" bilan durang o'ynadi, Shomurodov zaxiradan tushdi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2021, 19:53
Italiya A Seriyasining 29-turidan o'rin olgan "Jenoa" - "Fiorentina" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Mattia Destro hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tgach Vlaxovichning goli hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida Frank Riberi qizil kartochka olib maydonni tark etdi va "Fiorentina" 10 kishi bo'lib qoldi. O'yin oxirigacha hisob o'zgarmadi.

O'zbekistonlik Eldor Shomurodov 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 


Italiya chempionati
29-tur
Jenoa – Fiorentina 1:1
3 aprel, Luidji Ferraris
Gollar:
1:0 – 13 Destro, 1:1 – 23 Vlaxovich.
Jenoa – Perin, Biraski (Zayc, 62), Masello, Krishito, Dzappakosta, Strotman (Melegoni, 83), Radovanovich, Badel, Bexrami (Gilone, 70), Destro (Pyaca, 70), Skamakka (Eldor Shomurodov, 83).
Fiorentina – Drongovski, Peccelya, Martines, Kaseres (Biragi, 71), Venuti (Amrabat, 89), Pulgar, Bonaventura (Esserik, 71), Riberi, Kastrovilli (Kalexon, 83), Milenkovich, Vlaxovich (Kuame, 89).
Ogohlantirishlar: Strotman (2), Zayc (63), Pulgar (90).
Chetlatish: Riberi (51).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia