A Seriya. "Milan", "Yuventus" va "Napoli" ishonchli g'alabaga erishdi, "Atalanta" esa o'z uyida "Lechche"ni enga olmadi

Alisher Ostonov
28 apr 2025, 01:56
Bugun Italiya A Seriyasi 34-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tadi.

"Milan" o'yinning boshida va oxirida bittadan gol urib g'alabaga erishdi. Gollarni Kristian Pulishich (5) va Santiago Ximenes (90+6) mualliflik qildi.



"Yuventus" esa birinchi taymning o'zida ikkita gol urdi: Nikolas Gonsales (11) va Randal Kolo Muani (33). Ammo, jamoa taym so'nggida bir kishi kam bo'lib qoldi, Kenan Yildiz maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, ikkinchi bo'limda to'plar kiritilmadi.



Neapolliklar esa Skott Maktomineyning dubli evaziga Turinning "Torino" jamoasini Neapolda mag'lub etishdi.



29-daqiqada Yesper Karlsson penaltidan hisobni ochdi. "Atalanta" ham 69-daqiqada penalti evaziga hisobni tenglashtirdi (Mateo Retege), ammo g'alaba uchun boshqa to'p kirita olmadi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia