Samarqandning Dinamo klubi futbolchilari – Aleksandr Kleckov va Ahrol Risqullaev amaldagi shartnomalarining 3-moddasi 3.8-bandini, shuningdek, Futbolchilarning maqomi va o'tishi to'g'risidagi Reglamentning 6-ilovasi 5.51-bandi (mehnat shartnomasi talablarini uzrli sabablarsiz buzish) talablarini buzishgan.
Shunga muvofiq, har ikkala futbolchi O'FF Futbolchilar maqomi va o'tishi qo'mitasi qaroriga asosan, 2013 yilning 31 dekabriga qadar diskvalifikaciya qilindi. Diskvalifikaciya muddati yakuniga etganidan so'ng futbolchilar, tovon puli to'lovisiz, istalgan klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Bundan tashqari, Qo'mita Dinamo futbol klubiga futbolchi Aleksandr Kleckov bilan 2013 yilning 5 avgust holati bo'yicha, futbolchi Ahrol Risqullaev bilan 2013 yil 10 avgust holatiga ko'ra oylik maoshlari bo'yicha talablarni bajarish va tegishli moliyaviy hujjatlarni O'FFga taqdim etish majburiyatini yuklagan.
O'zPFL Sport bo'limi mutaxassislarining alohida qayd etishlaricha, agar futbol klublari va futbolchilar o'rtasidagi mehnat shartnomalarini imzolashga agentlar jalb etiladigan bo'lsa, u holda shartnomaga agentning ismi va familiyasi, uning pasporti va professional faoliyatini tasdiqlovchi hujjat kseronusxasi, shuningdek, futbolchi va agent o'rtasidagi vakillik to'g'risidagi shartnoma (bitim) ilova qilinishi kerak. Futbolchilarning maqomi va o'tishi to'g'risidagi Reglament 18-moddasiga ko'ra, shartnomaning har bir nusxasida agentning imzosi bo'lishi shart.