O'zbekiston - Iroq. O'zaro uchrashuvlar tarixi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2014, 11:35
Ertaga, 25 dekabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Dubayda Iroq milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
O'zbekiston va Iroq terma jamoalari shu kunga qadar jami 5 marta to'qnash kelishgan.

Dastlabki o'zaro bahs 2000 yil Shanxayda bo'lib o'tgan To'rt millat kubogi doirasida bo'lib o'tgan. Yarim finalda Iroq O'zbekiston ustidan 2:0 hisobida g'alabaga erishgan. Takidlash lozimki, aynan shu g'alaba raqiblarimiz uchun birinchi va yagona g'alaba bo'lib qolmoqda.

Navbatdagi o'yin 2006 yilgi Jahon chempionati saralashi dastlabki bosqichida bo'lib o'tgan. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda iroqliklar hisobni ochishgan. Uchrashuv tugashiga 11 daqiqa qolganida Anvar Soliev gol urib jamoamizga durang taqdim etgandi - 1:1.

Javob bahsida vakillarimiz zafar quchishgan. Maksim Shackix va Aleksandr Geynrix birinchi bo'limda iroqliklar darvozasiga ikkita gol urishgan. Bunga arablar bir marta javob berishgandi - 2:1.

2004 yil Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Iroqni 1:0 hisobida taslim qilganmiz. Hozir milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Mirjalol Qosimov jarima to'pidan gol urgandi.

Ikki jamoa o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2007 yilda bo'lib o'tgan. Janubiy Koreyaning Seul shahrida tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvida Aziz Ibragimov va Ulug'bek Baqoev tomonidan kiritilgan to'plar tufayli O'zbekiston g'alaba qozongan - 2:0.

Sana Mezbon Hisob Mehmon

Uchrashuv turi

01.09.2000Iroq2-0O'zbekistonTo'rt millat kubogi (1/2 final)
18.02.2004 O'zbekiston1-1 Iroq JCH-2006 saralashi
18.07.2004Iroq0-1O'zbekistonOsiyo kubogi 2004
13.10.2004 Iroq1-2 O'zbekiston JCH-2006 saralashi.
02.07.2007Iroq0-2O'zbekistonO'rtoqlik uchrashuvi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia