

“O'ylashimcha, mening xayrlashuvim Lukas Podolskining Germaniya bilan xayrlashishiga o'xshaydi.O'yin vaqtidagi oddiygina xayrlashish, menga ko'p narsalarni esga soladigan jamoada va shu joyda bo'lishi... 6-sentyabrni kuta olmayman” - deydi Sneyder.
Niderlandlar aynan shu kuni Peruga qarshi maydonga tushadi. Bu bellashuv Uesli uchun terma jamoasi safidagi 134-o'yin sifatida tarixda qoladi.



