Ahrol Risqullaev hakamlikni boshladi

22 avg 2014, 12:20
Oliy liganing bir nechta klubida faoliyat olib borgan Ahrol Risqullaevning futboldan ketgani haqida ma'lumot bergandik.
Endilikda sobiq himoyachi o'z omadini hakamlik sohasida sinab ko'ryapti. Risqullaev hozircha bolalar-o'smirlar ligasida, shuningdek bolalar o'rtasidagi turli turnirlarda o'yinlarni boshqarib kelmoqda.

O'zining aytishicha, kuzda hakam va nazoratchilar uchun o'qish boshlanadi. Mazkur kurslarda Ahrol ham tahsil olib, kelasi yildan birinchi ligaga harakat qilib ko'rmoqchi.

Manba: championat.asia