5 mart kuni O'zbekiston Superkubogi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2021, 16:51
Xabaringiz bor, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o'tkaziladi.

Unda amaldagi chempion “Paxtakor” va vice-chempion “Nasaf” klublari o'zaro bahs yuritadi. Uchrashuv Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi va soat 16:00 da start oladi.

5 mart sanasida o'yinoldi rasmiy tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Rasmiy mezbon sifatida “Paxtakor” futbol klubining o'yinoldi mashg'uloti 15:00 da start oladi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi. Rasmiy mehmon jamoa sifatida “Nasaf” futbol klubining o'yinoldi mashg'uloti uchrashuv o'tkaziladigan vaqtga parallel - 16:00 da start oladi va uning ham dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ladi.

Shuningdek, 5 mart kuni har ikki klub rasmiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda har ikki klub bosh murabbiylari ikki nafardan futbolchi hamrohligida ishtirok etadi. “Paxtakor” ishtirokidagi matbuot anjumani 17:15 da, “Nasaf” klubi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 17:45 da boshlanadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini o'yinoldi tadbirlarni bevosita voqea joyidan yoritishga chorlaymiz.




Reklama





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz