4 iyul kuni birinchi liga yangi mavsumiga qur'a tashlanadi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2020, 13:04
4 iyul, shanba kuni soat 15:00 da “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida Birinchi liganing yangi mavsumi uchun qur'a tashlanadi.

Eslatib o'tamiz, unda  14 klub ishtirok etadi va ikki davra mobaynida, uy-safar tizimida jami 26 ta tur bahslari bo'lib o'tadi. Birinchi ligada g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoa esa  Pro liganing ettinchi jamoasiga qarshi bir o'yindan iborat uchrashuvda ishtirok etadi.


Ishtirokchi jamoalar

 “Andijon-2”

“Aral”

“Bunyodkor-2”

“Jizzax-Bars”

“Lokomotiv-BFK”

“Navbahor-2”

“Paxtakor-2”

“Paxtakor-79”

“Rubin”

“Yangier”

“Yashnobod”

“Zirabuloq”

“G'ijduvon”

“Chig'atoy”.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz