"Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda"

Administrator
18 mar 2026
Myunxenning Bavariya klubi UEFA Chempionlar Ligasining chorak finalida Madridning Real klubiga qarshi ehtimoliy uchrashuvni xavotir bilan kutmoqda.

Bu haqda Bayern Space’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi xabar berdi.

Turnirning 1/8 final bosqichidagi dastlabki o'yinlarida myunxenliklar Atalantani (6:1), qaymoqranglilar esa Manchester Sitini (3:0) mag'lubiyatga uchratgan edi. Turnir to'riga ko'ra, Germaniya va Ispaniya jamoalari 1/4 finalda o'zaro to'qnash kelishi mumkin. Manba ma'lumotlariga ko'ra, Bavariya bosh direktori Yan-Kristian Drezen UEFA Bavariyaga qarshi bo'ladigan ehtimoliy o'yin vaqtida Madrid klubidan Santyago Bernabeu stadionining tomini yopmaslikni talab qilishiga erishmoqchi. Gap shundaki, "Real" muxlislari yopiq tom ostida "Bavariya" futbolchilariga juda katta bosim berishadi.

Drezen buni "qaymoqranglilar"ning uy stadionidagi muhit Myunxen jamoasi futbolchilariga haddan tashqari kuchli ta’sir ko'rsatishi va o'yin natijasiga o'z hissasini qo'shishi mumkinligi bilan izohlamoqda. Taxminlarga ko'ra, Drezen bunday poziciyani Bavariyaning 2023/2024 yilgi mavsumda ECHL yarim finalida Realdan mag'lubiyatga uchragani sababli egallagan.


AdministratorMuallif
Manba: Bayern Space