"Manchester Yunayted" David Raumni nishonga oldi

Alisher Ostonov
15 mar 2026
MYU 27 yoshli germaniyalik himoyachi David Raum bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Bu haqda futbol insayderi Ekrem Konur xabar bermoqda.

Raum - "Leyptsig" sardori, chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi. 2021 yildan beri Germaniya terma jamoasida o'ynamoqda.

Raum bu mavsumda klub safida 28 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi 3 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur