O'zbekiston Superkubogi: tomoshabinlar rekordi yangilanadimi?

Iskandarov Abdulaziz
15 mar 2026
Superkubokka oid faktlarni e'tiboringizga havola qilishda davom etamiz.

O'zbekiston Superkubogi nafaqat maydondagi kurash, balki muxlislar qiziqishi bilan ham doimo e'tibor markazida bo'lib kelgan. Turnir tarixida eng ko'p tomoshabin yig'ilgan o'yin 2019 yilda qayd etilgan.

O'shanda Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda "Lokomotiv" (Toshkent) va OKMK (Olmaliq) jamoalari o'zaro kuch sinashgan. Ushbu uchrashuvni tribunalardan 18 171 nafar tomoshabin kuzatgani Superkubok tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich sifatida qayd etilgan.

Oradan bir necha yil o'tgan bo'lsa-da, ushbu rekord hozirgacha saqlanib turibdi. O'yin vodiyda o'tayotganini hisobga olganda "Bobur Arena"da ko'plab ishiqbozlar tashrifi kutilmoqda.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia