A Seriya. "Inter" o'z uyida "Atalanta"ni mag'lub eta olmadi, "Napoli" va "Yuventus"da g'alaba

Alisher Ostonov
15 mar 2026
Italiya A Seriyasi 29-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Inter" va "Atalanta" Milanda o'zaro durang o'ynadi. Francesko Espozitoning goliga mehmonlardan Nikola Krstovich javob qaytardi. "Napoli" esa mehmonda "Lechche"ga qarshi irodali g'alabaga erishdi. Dastlab mehmonlar o'yinchisi Jamil Siebert hisobni ochdi, ammo shundan so'ng neapolliklar safida Rasmus Xoylund va Matteo Politano to'p kiritib, "Napoli"ning g'alabasini taminladi. "Yuventus" esa mehmonda Jeremi Boganing goli evaziga "Udineze"dan ustun keldi.

Italiya chempionatida "Inter" 29 o'yindan so'ng 68 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rinda 28 ta o'yindan so'ng 60 ochko jamg'argan "Milan" bormoqda. Uchinchi o'rinda 29 o'yindan so'ng 59 ochko bilan "Napoli" joylashgan.









Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia