Mikel Arteta: "Barselona" "Nyukasl" bilan o'yinda Ispaniyadagi kabi 1000 ta pas o'ynay olmadi"

Mirjalol Normatov
14 mar 2026
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta nega mavsumning ushbu qismida chiroyli o'ynash unchalik kerak emasligini aytdi.

"Hozir eng muhimi - o'z imkoniyat darajasidan kelib chiqib, eng yaxshi futbolni namoyish qilish va g'alabalarga erishish. Shu kunlarda APLdagi ushbu eng muhim narsani bilib oldim.

"Nyukasl" va "Barselona"ning YCHLdagi o'yinini tomosha qildim. Men uchun "Barselona" - Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular o'zining intensivligi, yuqori pressingi bilan ajralib turadigan APL jamoasi "Nyukasl" bilan to'qnash kelishdi. Bu jamoaning zaxira kuchi katta va o'tish fazalarida juda kuchli.

Va endi biz umuman boshqacha, men ko'rmagan "Barselona"ni ko'rdik. Bu "Nyukasl"ning katta xizmati evaziga bo'ldi. Biz aynan ular o'ynaydigan ligada o'ynaymiz.

"Barselona" "Nyukasl" bilan o'yinda Ispaniyadagi kabi 1000 ta pas o'ynay oldimi? Yo'q. Bu umuman boshqa turnir. Bu chiroyli ko'rinishi mumkinmidi? Ha. Aynan "Nyukasl" o'yinni chiroyli qilib berdi. Ular ishni yaxshi bajarishdi. "Nyukasl"ga tan berish kerak", - dedi "Arsenal" ustozi.

"Arsenal" navbatdagi uchrashuvini ertaga "Everton"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: arsenal.com