Ronaldu Portugaliya bosh murabbiyligiga o'ziga yaxshi tanish nomzodni taklif qildi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2026
Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Shu bilan birga, jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu milliy jamoaga kimni bosh murabbiy sifatida ko'rishni istayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

"Topskills Sports UK" ma'lumotlariga ko'ra, afsonaviy futbolchi terma jamoaga hozirda "Al Nassr"ni boshqarayotgan Jorje Jezushni bosh murabbiy etib tayinlashni taklif qilmoqda. Ronalduning fikricha, bu murabbiy jamoaga g'alabalarga erishishda yordam bera oladi.

Ma'lum qilinishicha, Jorje Jezush JCH-2026'dan keyin Portugaliya terma jamoasini boshqarishga tayyor. Hozirda u Joze Mourinyu bilan bir qatorda nomzodlar ro'yxatida bor.

Hozirda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi ispaniyalik Roberto Martines hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, Portugaliya JCH-2026 "K" guruhida O'zbekistonning raqibi sanaladi. Jamoalar 2-tur doirasida Xyustonda o'zaro to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Topskills Sports UK