

Termizliklarni 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Behruz Karimov sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Surxon"ning 8 nafar futbolchisi bir necha oydan beri maoshlar berilmayotgani bois kechagi bellashuvda maydonga tushishdan bosh tortgan. Shu sabab kecha termizliklar yosh o'yinchilar bilan amaldagi chempionga qarshi to'p tepishgan.
"Neftchi" bilan bahs qaydnomasidan quyidagi futbolchilar o'rin olishmagan:
Artyom Potapov, Jamaldin Xodjaniyazov, Nodirxon Nematxonov, Humoyun Sherbo'taev, Dostonbek Tursunov, Behruz Shaydulov, Behzod Shamsiev, Javohir Jo'raev, Dilshod Yo'ldoshev.




