"Liverpul" yangi yildan keyin ilk bor ketma-ket uchta g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2026
APLning 28-turida "Liverpul" o'z maydonida "Vest Xem Yunayted"ni yirik hisobda mag'lub etdi va bu 2026 yildagi ketma-ket uchinchi g'alaba bo'ldi.

Uchrashuv mersisaydliklarning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Qizillar" safida Ekitike, van Deyk, Mak Allister va Gakpo gol urdi (shuningdek, avtogol ham qayd etildi).

Ushbu g'alabadan keyin "Liverpul" 48 ochko jamg'arib, Angliya chempionati jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. Arne Slot jamoasi yangi yildan keyin birinchi marta ketma-ket uchta g'alaba qayd etdi. Bundan oldin chempionat doirasida bunday seriya ikki marta bo'lgan - dastlabki besh turda (ketma-ket 5 g'alaba) va dekabr oyida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports