Nazorat bahsi. "So'g'diyona" - "Dinamo" Batumi 2:0

Aslanov Jasurbek
16 fev 2026
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida o'tkazilgan bahsda g'alabani tantana qildi.

Jizzaxliklar Gruziyaning "Dinamo" (Batumi) klubiga qarshi bahsda ishonchli hisobda zafar quchishdi.


Nazorat uchrashuvi. Antaliya

"So'g'diyona" (O'zbekiston) - "Dinamo" (Batumi, Gruziya) - 2:0

Gollar: Feysal Mulich, Jasur Jaloliddinov.

O'yin qahramonlari:

Jizzaxliklar safida legioner hujumchi Feysal Mulich o'zining jismoniy ustunligidan foydalangan holda raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, jamoaning kreativ yetakchisi Jasur Jaloliddinov texnik mahorati evaziga ikkinchi golga mualliflik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати