Igor Surov: "Mashal"da katta salohiyat mavjud"

Sherzod Nurmatov
12 fev 2026
"Mashal" bosh murabbiyi Igor Surov jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"Avvalambor, ko'rsatilgan ishonch uchun rahbariyatga minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, bizda katta salohiyat mavjudligini ta'kidlab o'tmoqchiman. Oldinda bizni juda ko'p ishlar kutib turibdi, ammo biz yigitlarga ishonamiz. O'z ustimizda ishlashimiz va takomillashishimiz kerak bo'lgan jihatlar hali ko'p.

O'ylaymanki, biz ko'p jihatdan o'sishimiz kerak. Yigitlar harakat qilmoqda. Eng muhimi, ularda psixologik, taktik va jismoniy tomonlama rivojlanishga intilish bor. Shuning uchun bu borada bizda katta zaxira mavjud deb hisoblayman. Bundan tashqari, o'yin intizomi juda muhimligini ham alohida takidlayman.

Barchada yagona maqsad bo'lishi o'ta muhim. Hozirda bunga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Yigitlar esa bu borada bizga har tomonlama ko'maklashishmoqda. Ularda jipslashishga bo'lgan kuchli xohish ham ko'rinib turibdi. Shu bois, ushbu qadam uchun rahbariyatga yana bir bor minnatdorlik bildiraman", – dedi rossiyalik mutaxassis.

Avvalroq muborakliklar Igor Surov bosh murabbiyga aylangani haqida rasman ma'lum qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати