U-17 Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi: O'zbekiston Avstraliya va Hindiston bilan bir guruhda

Sherzod Nurmatov
12 fev 2026
2026 yilgi U-17 Osiyo Kubogiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Marosim Kuala-Lumpur shahrida tashkil qilindi. Uning natijalariga ko'ra O'zbekiston "D" guruhida Avstraliya, Hindiston va KXDR bilan to'qnash keladigan bo'ldi. 

Mazkur musobaqa Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026 yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. 

Turnir Saudiya Arabistonida 7-24 may kunlari bo'lib o'tadi. 

"A" guruhi

Saudiya Arabistoni

Tojikiston

Tailand

Myanma


"B" guruhi

Yaponiya

Indoneziya

Xitoy

Qatar


"C" guruhi

Koreya Respublikasi

Yaman

Vetnam

BAA


"D" guruhi

O'zbekiston

Avstraliya

Hindiston

KXDR


Qur'ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratildi. O'zbekiston U-17 terma jamoasi amaldagi chempion sifatida 1-savatchadan o'rin oldi:

1-savatcha

Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)

Yaponiya

Koreya Respublikasi

O'zbekiston


2-savatcha

Tojikiston 

Avstraliya

Yaman

Indoneziya


3-savatcha

Tailand

Xitoy

Vetnam

Hindiston


4-savatcha

KXDR

BAA

Qatar

Myanma


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia