OCHL 2. Turkmanistonga yulduzlarsiz borgan "Al Nassr" "Arkadag'"ni mag'lubiyatga uchratdi
Administrator
11 fev 2026
Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasining pley-off bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda "Al Nassr" "Arkadag'"ni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuvga Saudiya klubining yulduz futbolchilari olib kelinmadi. Ronaldu boshchiligidagi futbolchilar Ar Riyodda mashg'ulot o'tkazishgan. Javob o'yini Ar Riyodda o'tkaziladi.