

Unda "shaharliklar" 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. O'zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, 61-daqiqada Donnarumma bilan jiddiy to'qnashuvda ishtirok etgani bois Ruben Diash bilan almashtirildi.
SofaScore statistik portaliga ko'ra Abduqodir Husanov uchrashuv uchun 6,5 ballga loyiq ko'rildi.




