Eshitdik-da! "So'g'diyona" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
29 dek 2026, 19:07
"So'g'diyona" yarim himoyachisi Shohruh Abdurahmonov faoliyatini Namanganda davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar allaqachon shartnoma imzolab ulgurgan.

26 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum 17 o'yinda 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Transfermarkt portali uni 250 ming evroga baholagan.

Avvalroq futbolchi va klub o'rtasida muzokaralar davom etayotgani haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia