

Jamoani boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida esa Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp nomi tilga olinmoqda.
Ayni vaqtda mutaxassis "Red Bull"ning global futbol bo'yicha rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Biroq murabbiy istalgan vaqtida ushbu lavozimdan ketishi mumkin. Defense Central nashrining xabar berishicha, Kloppning shartnomasida Germaniya terma jamoasi yoki Yevropaning yetakchi klublaridan taklif olgan taqdirda Red Bulldagi lavozimini tark etishga imkon beruvchi band mavjud.
Shu sababli "Real Madrid"ga murabbiy tekinga tushishi mumkin.



