JCH-2026. Osiyoda beshinchi saralash bosqichi o'yinlarining sanalari ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2025
JCH-2026 saralash bahslari davom etmoqda.

Noyabrdagi FIFA kunlarida Osiyoda JCH-2026 beshinchi saralash raundining o'yinlari bo'lib o'tadi. To'rtinchi bosqichda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar (BAA va Iroq) beshinchi raundda o'zaro to'qnash keladi. OFK rasmiy sayti ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar sanalarini e'lon qildi.


13 noyabr, Abu-Dabi

BAA - Iroq


18 noyabr, Basra

Iroq - BAA


Ushbu raund g'olibi 2026 yil mart oyida Meksikada o'tkaziladigan Konfederatsiyalararo JCH-2026 pley-off bahslarida qatnashadi. So'nggi bosqichda Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika (2ta), Janubiy Amerika va Okeaniya vakillari ishtirok etadi. Meksikadagi saralashda 2ta jamoa JCH yo'llanmasiga ega chiqadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia