Rasman: CAFA musobaqasi taqvimi taqdim etildi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2025, 13:49
Ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston ishtirokidagi o'yinlar yangi qurib bitkazilgan "Olimpiya" stadionida o'tkaziladi.

Raqiblarning o'yini esa "Jar"da bo'lib o'tadi. 

Xabaringiz bor, musobaqa 30 avgust kuni O'zbekiston va Tojikistonda start olib, 8 sentyabrga qadar davom etadi. 

O'zbekiston "A" guruhidan joy olgan va O'mon, Turkmaniston hamda Qirg'iz Respublikasi bilan o'ynaydi. "B" guruhida esa Tojikiston Eron, Hindiston va Afg'oniston bilan kuch sinashadi.


30 avgust 

Qirg'iz Respublikasi – Turkmaniston

Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00

O'zbekiston – O'mon

Toshkent. "Olimpiya" stadioni. 19:30


2 sentyabr 

O'mon – Qirg'iz Respublikasi

Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00

Turkmaniston - O'zbekiston 

Toshkent. "Olimpiya" stadioni. 19:30


5 sentyabr 

Turkmaniston – O'mon 

Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi

Toshkent. "Olimpiya" stadioni. 19:30


Yarim final va final 8 sentyabrga belgilangan.



Avvalroq terma jamoaning musobaqa uchun qaydnomasi e'lon qilingan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia