Ukrainalik mutaxassis "Andijon" murabbiylar shtabiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
Tojikistonda yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan jamoa parallel ravishda selekciya ishlarini ham olib boryapti.

"Jamoamizning murabbiylar shtabiga ukrainalik Nikolay Tishenko qo'shildi. U analitik mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi. 

1987 yilning 12 dekabr sanasida tavallud topgan Nikolay Vitalevich 2023 va 2024 yilgi mavsumlarda chempionatimizda, Muborakning "Mashal" jamoasida ham ishlagan. 

Umuman olganda, Tishenko bunga qadar "Agrodim" (Ukraina), "Ednist" (Ukriana), "Riga" (Latviya), "Mashal" va "Muras Yunayted" (Qirg'iziston) klublarida faoliyat olib borgan", – deyiladi xabarda.

Avvalroq "Andijon" "Surxon" futbolchisini ijaraga olgani ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати