⚡️"Paxtakor" sobiq futbolchisini ortga qaytardi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2025, 15:54
Toshkentning "Paxtakor" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov "sherlar" safiga qaytmoqda. Futbolchi bir yil davomida BAAning "Al Vahda" klubida to'p tepdi va ayni paytda erkin agentga aylandi. 

Eslatib o'tamiz, Erkinov "Paxtakor" safida jami 75 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portaliga ko'ra, Hojimat Erkinovning hozirgi transfer narxi 1,5 million evroga teng. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia