

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tibbiy tekshiruvlardan keyin "Dinamo" jamoasi sardorining chap oyoq paylari yorilgani oydinlashgan va u bir necha oyga safdan chiqqan.

Salim Mustafoev kuni kecha Samarqanddan Istanbulga jo'nab ketdi. Jamoa sardori bugun, 1 iyul kuni Turkiyada chap oyog'idan jarrohlik amaliyotini o'tkazadi.



