"Istanbul Bashakshehir" Fayzullaevga qiziqayotgani rostmi?

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2025
Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasi matbuot kotibi Go'kxan Yilmaz SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevga qiziqish bildirilayotgani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"Jamoamiz skautlari bilan gaplashdim, ular hozircha bunday tashabbus yo'qligini aytishdi", – dedi Yilmaz.

Fayzullaev o'tgan mavsum SSKA safida 39 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Avvalroq SSKAga yangi bosh murabbiy tayinlangan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс