Palmer nazdida dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim?

Sherzod Nurmatov
16 may 2025
"Chelsi” va Angliya terma jamoasi futbolchisi Koul Palmer ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi.

"Lamin Yamal. U ajoyib o'ynayapti, tan olish kerak. Rostini aytsam, uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilaman. Unga qaraganingizda, shunchaki aqldan ozasiz".

17 yoshida juda yaxshi o'ynash qanchalik qiyin, degan savolga Koul shunday javob berdi:

"Bilmayman, men buni hech qachon sinab ko'rmaganman! U o'ziga ishonadi, hech narsadan qo'rqmaydi. Uning o'yinlarini tomosha qilib maza qilaman".

Lamin Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 16 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal