Yevropa ligasi. Shomurodov zaxiradan tushib gol urgan o'yinda "Roma"dan ishonchli g'alaba

Mirjalol Normatov
31 yanv 2025, 02:53
Yevropa ligasi umumiy guruh bosqich o'yinlari yakunlandi.

So'nggi turda "Roma" o'z maydonida "Ayntraxt"ni qabul qildi. Bahsning 44-daqiqasida Anxelino hisobni ochdi. 67-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Eldor Shomurodov oradan 2 daqiqa o'tib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Shu orqali "Roma" pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.

Roma Italiya – Ayntraxt F Germaniya 2:0

"Olimpiya stadioni"

Gollar: 1:0 – 44 Anxelino, 2:0 – 69 Shomurodov.

Roma – Svilar, Ndika, Xummels, Manchini, Pellegrini (Chelik, 80), Dibala (Pizilli, 80), Anxelino, Kone, Paredes (Kristante, 61), Salemakers (Soule, 61), Dovbik (Shomurodov, 67).

Ayntraxt F – Trapp, Teate, Kox, Tuta, Kristensen, Baoyya (Nkunku, 65), Larsson (Daud, 64), Sxiri, Knauff (Uzun, 64), Shaibi (Ish, 84), Ekitik (Matanovich, 72).

Ogohlantirish: Salemakers (6).



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia