Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ a'zosi "Neftchi"ga o'tmoqda

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2025
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, o'tgan mavsumni "Navbahor" tarkibida o'tkazgan O'zbekiston MTJ a'zosi Farruh Sayfiev "Neftchi"ga o'tmoqda. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishib bo'lishgan. 33 yoshli himoyachi bugun "Neftchi" bilan birga Turkiya yig'iniga uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, Sayfiev 2024 yil "Navbahor" safida Superligada 21 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia