

Termizdagi "Surxon Arena" maydoni, uning drenaj va sug'orish tizimi, shuningdek, stadion yoritish tizimi Liga talablari asosida ta'mirdan chiqarilgan. Shuningdek, stadion ortida yana bitta tabiiy maydon bunyod etilgan bo'lib, bu yerda U-21 jamoasi o'z raqiblarini qabul qilishi ko'zda tutilgan.
Termiz qolgan shaharlarga nisbatan uzoqroq ekanidan kelib chiqib, Assotsiatsiya va "Surxon" o'zaro hamkorlikda VAR texnikasi xarid qilgan. Mazkur texnika stadionga o'rnatiladi va undan Superliga bellashuvlari davomida foydalaniladi. Shuningdek, viloyat televideniesi Termizdagi uchrashuvlarni teletranslyatsiya qilishi masalasida ish olib boriladi. Shu kunga qadar Superliga o'yinlarida VAR texnikasidan foydalanish bo'yicha ishlab kelayotgan tizim masofa jihatidan Termizga mos kelmasdi. Shundan kelib chiqib, stadion foydalanishga topshirilishi masalasida 2024 yilgi mavsum davomida qator ishlar amalga oshirildi va "Surxon" yaqinlashayotgan mavsum uchun o'z arenasini Liga ro'yxatidan o'tkazdi.



