Monako futbolchisi Donnarummani yuzini bosib ketdi. Darvozabonning chehrasiga o'nta chok tushdi

Khoja
19 dek 2024
Kecha Fransiya chempionatining markaziy uchrashuvida Monako va PSJ bahs olib bordi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Monako futbolchisi Singo to'p uchun kurashda PSJ darvozaboni Janluidji Donnarummanining yuzini bosib ketdi. Buning natijasida darvozabon zaxiraga olindi. Keyinchalik italiyalik futbolchining yuziga shifokorlar 10 ta chok tushirishdi.

Hozircha futbolchining qachon qaytishi haqida ma'lumotlar berilmadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com